Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun yurtimizda mingga yaqin bemor koronavirusdan tuzaldi

Bugun yurtimizda mingga yaqin bemor koronavirusdan tuzaldi

Foto: «Yandex»

2020-yil 10-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 304 (+236) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 209 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatida, 11 nafari Andijon viloyatida hamda 2 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 50 yoshli D.A. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 476 nafar, Toshkent viloyatida 235 nafar, Samarqand viloyatida 104 nafar, Surxondaryo viloyatida 38 nafar, Sirdaryo viloyatida 28 nafar, Navoiy viloyatida 16 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida ham 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 3 nafar, jami 950 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 22 992 (+950) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 112 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring