Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun faqat 1 holatda aholi orasida kasallik chiqdi

Bugun faqat 1 holatda aholi orasida kasallik chiqdi

Foto: SSV

Bugun yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 83 nafar bemorning 74 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 8 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 1 nafari aholi orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Avval xabar qilinganidek, bugun 106 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 43 nafari Toshkent shahridagi, 42 nafari Navoiy viloyatidagi, 17 nafari Samarqand viloyatidagi hamda 4 nafari Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3843 nafar bemordan 3014 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

 Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 813 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring