Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyada bir kunda yuzlab odamlar virus qurboniga aylandi

Braziliyada bir kunda yuzlab odamlar virus qurboniga aylandi

Foto: «1zoom.ru»

Braziliyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 23 473 kishiga yetdi. Bir kecha-kunduzda 800 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Mamlakatda vafot etgan 23 473 kishi qayd etildi, 807 nafari o‘tgan 24 soat ichida ro‘yxatga olindi», — deyiladi xabarda. O‘lim darajasi 6,3 foizni tashkil etmoqda.

Jami 153 833 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan, bu koronavirusga chalinganlarning 41 foizini tashkil etadi. Ayni vaqtda COVID-19 ni yuqtirganlar soni 374 898 kishiga yetgan. Braziliya bu ko‘rsatkich bilan AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring