Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boshqa chorasi qolmadi. Panamada erkak va ayollarga hafta kunlari bo‘lib berildi

Boshqa chorasi qolmadi. Panamada erkak va ayollarga hafta kunlari bo‘lib berildi

Foto: «Dw.com»

Panama hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq milliy karantin qoidalariga bo‘lgan talabchanlikni oshirdi: bugun, ya’ni 1-apreldan boshlab erkaklar va ayollar aynan bir kunda uydan tashqariga chiqishi taqiqlab qo‘yildi, deyiladi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining «Twitter» sahifasidagi bayonotida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Majburiy milliy karantinga qaramay, ko‘plab odamlar uyidan tashqariga chiqib ketmoqda. Bu hukumatni odamlar sog‘ligini himoya qilish maqsadida qat’iyroq choralar ko‘rishga majbur qildi. 1-apreldan boshlab odamlarning harakatlanishi shaxsni tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilgan jinsiga qarab belgilinadi», — deyiladi bayonnomada.

Hukumat buyrug‘iga binoan, ayollar dushanba, chorshanba, juma, erkaklar esa seshanba, payshanba, shanba kunlari tashqariga chiqishi mumkin. Yakshanba kunlari jinsidan qat’i nazar barchaga uydan tashqariga chiqish taqiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring