Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boris Jonson: «Yevropada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi»

Boris Jonson: «Yevropada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi»

Foto: «Getty Images»

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakat fuqarolarini Yevropaning ayrim mamlakatlarida koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganidan ogohlantirdi. Jonson Qo‘shma Qirollik fuqarolarini barcha ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi — ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni ko‘proq yuvish, gavjum joylarda niqob taqib yurish.

«O‘tgan safar nima bo‘lganini hammamiz bilamiz. Biz bu yerda, Buyuk Britaniyada shay turishimiz va barcha kerakli choralarni ko‘rib qo‘yishimiz hayot-mamot masalasi va shunday qilyapmiz ham», — dedi u «Sky News» telekanali efirida.

Boris Jonson hukumat Ispaniyadan kelganlar uchun ikki haftalik karantin joriy qilishga majbur bo‘lganini tushuntirib, koronavirus tarqagan boshqa hududlardan qaytayotgan britaniyaliklar ham o‘z vatandoshlariga kasallikni yuqtirmaslik haqida o‘ylashlari shartligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus pandemiya kuchayib ketayotganidan ogohlantirib, oxirgi olti haftada kasallikni yuqtirganlar soni deyarli ikki baravarga ko‘payganini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring