Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda 33 mingdan ortiq yangi bemor! Braziliya «qora rekordlar»ni yangilamoqda

Bir kunda 33 mingdan ortiq yangi bemor! Braziliya «qora rekordlar»ni yangilamoqda

Foto: EPA/UPG

Braziliyada o‘tgan sutkada koronavirusni yuqtirgan 33 274 nafar yangi bemor aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Uch kundirki, Braziliyada virusni yuqtirish bo‘yicha «kunlik rekordlar» yangilanyapti: payshanba kuni — 26 417 ta holat, juma kuni — 26 928 ta holat.

Eng so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda koronavirus kasalligiga chalinganlar jami soni 499 966 nafarga yetdi — salkam yarim million nafar.

Sutka davomida vafot etganlar soni ham ko‘payib 956 nafarni tashkil etib, pandemiya boshlanganidan beri 28 849 nafarga yetdi. Tuzalib ketganlar — 200 ming nafar.

Braziliya koronavirusni yuqtirish holatlari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi, birinchi o‘rinda — AQSh.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring