Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir haftada salkam 3 million kishi koronavirusga chalindi

Bir haftada salkam 3 million kishi koronavirusga chalindi

Jahonda pandemiya boshlanganidan beri koronavirusga chalinganlar soni 42 milliondan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti sayti ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jami kasallanishlar soni 42 203 732 nafarga yetdi. O‘tgan vaqt mobaynida bemorlarning 1 144 165 nafari vafot etgan, 28 milliondan ko‘prog‘i sog‘ayib ketgan.

Jahonda koronavirus bilan kasallanishlar soni so‘nggi bir hafta davomida 2,8 million nafarga ko‘paydi, bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich. JSST shu haftada eng ko‘p kunlik o‘sishni qayd etdi — 423 ming nafar yangi bemor.

Kecha JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus kelgusi bir necha oy pandemiyaning eng og‘ir davri bo‘lishidan ogohlantirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring