Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bemorlarning 4 nafari og‘ir, 2 nafari esa nisbiy og‘irroq – Nurmat Otabekov

Bemorlarning 4 nafari og‘ir, 2 nafari esa nisbiy og‘irroq – Nurmat Otabekov

Nurmat Otabekov.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bemorlarning ahvoli haqida xabar berdi:

– Ayni vaqtgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 133 nafarni tashkil etmoqda. Hozirgina Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyati bilan bo‘lgan suhbatimizga ko‘ra, bemorlarning 19 nafarida pnevmoniya kuzatilib, 4 nafari og‘ir, 2 nafari esa nisbiy og‘irroq deb baholanmoqda. Har bir bemor tibbiy nazorat ostida bo‘lib, tegishli muolajalarni olmoqda.

Quvonarlisi, bugun 7 nafar dastlabki sog‘aygan bemorlarimiz shifoxonadan chiqarilib, reabilitatsiya markaziga o‘tkazilyapti. Bu O‘zbekiston tibbiyotining katta yutuqlaridan biri. Bu kabi xushxabarlar ko‘p bo‘lishiga umid qilamiz.

Ammo xalqimiz, yaqinlarimizning salomatligini saqlash burchimiz ekanini bir zum ham unutmaylik! Qattiq tartib-intizom va karantin tadbirlariga jiddiy rioya qilish orqali vaziyatni barqaror ushlab qolishimiz mumkin. Imkon qadar uyda qoling, ortiqcha ehtiyoj bo‘lmasa ko‘chaga chiqmang, munosabatlarni, muloqotlarni keskin kamaytiring.

Uyda bo‘lib, infeksiyaning ko‘chadan kirib kelishiga yo‘l qo‘ymasangiz xavfsiz bo‘lasiz. Bir qarashda oddiy, ammo juda ham zarur bo‘lgan ushbu talablar ijrosi taminlanishi natijasida kasallik keng tarqalib ketmasligi isbotlangan va tasdiqlangan amaliyotdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring