Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus komissiya qarori: ayrim cheklovlar saqlab qolindi!

Maxsus komissiya qarori: ayrim cheklovlar saqlab qolindi!

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasi axborotiga ko‘ra, 2020-yil 5-iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilishi xabar qilingandi.

Shuningdek, 2020-yil 15-iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda oshxonalar, bog‘cha va buyum bozorlari ochiladi.

Bundan tashqari, 2020-yil 15-iyundan «yashil» va «sariq» HUDUDLAR O‘RTASIDA AVTOBUS QATNOVLARIGA ruxsat beriladi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, BARChA HUDUDLARDA ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinmoqda:

  • jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’yektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;
  • ta’lim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar) faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik;
  • ko‘ngilochar ob’yektlar — tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • konsert, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari o‘quv mashg‘ulotlari va O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) o‘tkazmaslik;
  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
  • dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do‘konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;
  • qurilish-ta’mirlash ishlarida ob’yektlarning hududi to‘liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda ob’yektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilish, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli ob’yekt hududi doirasida tashkil etish.

«Qizil» toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, «yashil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Karantin sharoitida umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha vaqtinchalik tartib hamda Karantin sharoitida ruxsat berilgan faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub’yektlarida sanitariya-epidemiologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik sub’yektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishi ustidan NAZORATNI amalga oshirish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring