Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aviakompaniyalar nimadan xavotirda?

Aviakompaniyalar nimadan xavotirda?

Foto: «RIA Novosti»

Aviakompaniyalar parvoz paytida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangidan-yangi choralarni joriy etishadi, deya xabar berdi «Express».

Yuz niqoblari barcha sayohatchilar uchun majburiy bo‘lishi mumkin. Ba’zi yirik kompaniyalar hozirdanoq parvozlar paytida yo‘lovchilardan niqob taqishni talab qilishmoqda.

Amerika aviakompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, yo‘lovchilar nafaqat parvoz vaqtida, balki uchib-qo‘nishdan oldin: ro‘yxatga olish, kutish zallarida ham niqob taqishiga to‘g‘ri keladi.

Aviatashuvchilar kelajakda sayyohlarning bortda COVID-19 ni yuqtirib olishdan qo‘rqib, samolyotlarda sayohat qilishdan xavfsirab qolishidan xavotirda. Niqob mijozlarni «ruhiy xotirjamlik» bilan ta’minlash uchun ham zarur.

Amerika aviakompaniyasi matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, niqob taqish barcha yo‘lovchilar uchun majburiy hisoblanadi. Himoya vositalari esa bepul tarqatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring