Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Mustaqillik kunini pandemik rekord bilan qarshi oldi — bir kunda 57 mingdan ortiq holat!

AQSh Mustaqillik kunini pandemik rekord bilan qarshi oldi — bir kunda 57 mingdan ortiq holat!

Foto: DW

AQShda o‘tgan sutkada oldingi sanalardagi koronavirus qayd etilishi bo‘yicha antirekord yangilandi: COVID-19 yana 57 497 kishida aniqlandi. Bu haqda «The Washington Post» xabar berdi.

Qo‘shma Shtatlarda oldingi pandemik rekord 2-iyulda qayd etilgan — 55 220 kishi virusni yuqtirgani ma’lum bo‘lgandi.

Umuman olganda, oxirgi to‘qqiz kunda koronavirus pandemik pillapoyada faqat va faqat yuqoriladi. Uning yanada tarqab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qariyb 40 ta shtatda 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Mustaqillik kuni bayram tadbirlari bekor qilindi yoki qisman cheklandi.

Oxirgi haftada 16 ta shtatda virusni yuqtirish holatlari rekord darajaga chiqdi. Ayniqsa, Florida uchun juma kuni og‘ir keldi — bir kunda 9 488 ta holat (O‘zbekistonda pandemiya davrida jami qayd etilgan kasalliklar sonidan ko‘p). Ushbu shtatda 26 kundirki, virusni yuqtirish holatlari kundan-kunga oshmoqda.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra (04.07.2020, soat 09:50), AQShda koronavirusni yuqtirish holatlari jami 2 890 588 taga yetgan, shundan 1,5 milliondan ortig‘i davolanmoqda, qurbonlar soni — 132 101 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring