Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh koronavirusni yuqtirishlar umumiy soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

AQSh koronavirusni yuqtirishlar umumiy soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

Skrinshot

«Wordometers» ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-2019 koronavirusini yuqtirishlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.

Ayni paytga kelib, AQShda koronavirusni yuqtirganlar soni 83 016 nafarga yetdi. Qurbonlar — 1 197, sog‘ayib ketganlar — 1 864 nafar.

Ikkinchi o‘rinda — Xitoy (81 285). E’tiborga sazovor bir fakt — oxirgi sutkada Xitoyda bironta ham yangi kasal aniqlanmadi.

Uchinchi o‘rindagi Italiya (80 589) ham bugun Xitoyni ortda qoldirishga juda yaqin turibdi — Apennin yarimorolida so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 6 203 ta yangi holat qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring