Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 848 ming dollarlik ko‘mak ajratdi

AQSh koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 848 ming dollarlik ko‘mak ajratdi

AQSh hukumati keng ko‘lamda tahlillar o‘tkazish uchun laboratoriya tizimlarini tayyorlash, tibbiyot muassasalarida infeksiyalar profilaktikasi va nazorati, COVID-19 ustidan epidemiologik nazoratni va COVID-19 bemorlari hisobini yuritishni yaxshilash, shuningdek, virus haqidagi dezinformatsiyalarga qarshi kurashish hamda insonlarni davlat va tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda ishlashga jalb qilish uchun O‘zbekistonga vositalar taqdim etadi. Buning uchun 848 ming AQSh dollari ajratildi.

AQSh hukumati, shuningdek, Markaziy Osiyodan Qozog‘istonga 800 ming, Qirg‘izistonga 883 ming, Tojikistonga 866 ming, Turkmanistonga 920 ming AQSh dollari miqdorida ko‘mak beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring