Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ham aholi orasida kasallanish ko‘paydi

Andijonda ham aholi orasida kasallanish ko‘paydi

2020-yil 3-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9396 (+70) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent viloyatida, 14 nafari Samarqand viloyatida hamda 9 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafar Andijon viloyatida va 3 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6251 (+217) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3116 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring