Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Abu Saxiy» savdo markazi yopildi. Bir necha xodimda koronavirus aniqlangan

«Abu Saxiy» savdo markazi yopildi. Bir necha xodimda koronavirus aniqlangan

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

6-iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan «Tashkent Trade Center» (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va  bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.

Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, savdo markazi profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring