Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+77. Bugun qaysi hududlarda kasalliklar qayd etildi

+77. Bugun qaysi hududlarda kasalliklar qayd etildi

Foto: SSV

Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 77 holatning 38 nafari Navoiy viloyatidagi karantin muassasalarida tibbiy kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan tasdiqlandi. Shuningdek, 34 nafari karantin muassasalarida, 4 nafari (Buxoro viloyatida 3, Toshkent shahri 1) aholi orasidan va 1 nafari  xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Kun davomida 54 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ayni paytgacha kasallikka chalingan 3623 nafar bemordan 2837 nafari sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 771 nafar bemor yurtimizning 7 xududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 41 618 nafar fuqaro karantinga olinib, ularning 36 913 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 25 862 nafar, statsionar karantinda esa  21 143 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring