Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«31-bemor»: 5,5 ming nafardan ortiq insonlarga koronavirusni yuqtirgan «super tarqatuvchi» topildi

«31-bemor»: 5,5 ming nafardan ortiq insonlarga koronavirusni yuqtirgan «super tarqatuvchi» topildi

Illyustrativ foto

Uxandan Janubiy Koreyaga qaytgan ayol 5,5 ming nafardan ortiq insonlarga koronavirusni yuqtirganlikda gumon qilinyapti, deb yozmoqda «Life».

Bu ayol COVID-19 bilan kasallangan 31-janubiy koreyalik bo‘ldi. U 6- fevral kuni yo‘l-transport hodisasiga uchragach, mahalliy klinikaga yotqiziladi. Bu yerda do‘sti bilan bir marta tushlikka chiqqan, ikki marta Sinchxonchji cherkoviga ibodatga borib kelgan.

Shundan so‘ng Sinchxonchji cherkovida 5,5 mingdan ziyod kishi koronavirusni yuqtirgani aniqlandi. Qo‘shimchasiga mamlakatda koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq holatlarning 60 foizi ushbu cherkov, demakki, yuqoridagi ayol bilan bog‘lanmoqda.

Ma’lumot uchun: Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, 26 martga kelib Janubiy Koreyada koronavirusni yuqtirganlar jami soni 9 241 nafarga yetdi, vafot etganlar — 131, tuzalib ketganlar — 4 144 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring