Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘rtta hududda yangi holatlar qayd etildi, 362 kishi o‘ta og‘ir ahvolda

To‘rtta hududda yangi holatlar qayd etildi, 362 kishi o‘ta og‘ir ahvolda

2020-yil 15-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 251 (+234) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 185 nafari Toshkent shahrida, 37 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari esa Xorazm viloyatida, tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 61 yoshli U.A. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 28 661 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (84 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 5 367 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 289 nafari og‘ir, 362 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring