Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

+234. Olti hududda bemorlar aniqlandi, poytaxtda ikki kishi vafot etdi

+234. Olti hududda bemorlar aniqlandi, poytaxtda ikki kishi vafot etdi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 8-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29459 (+234) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 185 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli M.X. (ayol) hamda Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 84 yoshli T.X. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 20380 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8894 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 786 nafari og‘ir, 275 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring