Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

15-iyundan boshlab oshxonalar, bog‘cha va buyum bozorlari ochiladi

15-iyundan boshlab oshxonalar, bog‘cha va buyum bozorlari ochiladi

Respublika maxsus komissiyasi axborotiga ko‘ra, 2020-yil 5-iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilishi xabar qilingandi.

Shuningdek, 2020-yil 15-iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda quyidagilarga ruxsat berilmoqda:

  • UMUMIY OVQATLANISh ob’yektlari faoliyatiga.

Shu bilan bir qatorda umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

  • banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;
  • faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;
  • stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;
  • bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (10 kishidan ko‘p bo‘lmagan bir oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

2020-yil 15-iyundan boshlab «yashil» va «sariq» hududlarda quyidagilarga ruxsat berilmoqda:

  • MAKTABGAChA TA’LIM tashkilotlari faoliyatiga.

Bunda:

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;

xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;

tana harorati 37*S va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi;

  • BUYuM BOZORLARI faoliyatiga.

Bunda buyum bozorlari doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlanishi, sotuvchilar va xaridorlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37*S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan  hollarda buyum bozorlari hududiga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring