Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zo‘ravonlikni internetda tarqatganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Zo‘ravonlikni internetda tarqatganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Foto: Yangi O‘zbekiston

O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun Prezident tomonidan imzolangani haqida xabar berilgandi. 

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgatirishga ko‘ra, endilikda pornografik mahsulotni hamda zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet tarmog‘ida tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi (ilgari ushbu mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan edi).

Shuningdek, og‘irlashtiruvchi holatlarda tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilindi.

 Endilikda:

- tuhmat jinoyatini sodir etganlik uchun (139-modda, 3-qism) BHMning 500 baravarigacha (111 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarimadan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan);

- haqorat qilish jinoyatini sodir etganlik uchun (140-modda, 3-qism) BHMning 600 baravarigacha (133 mln 800 ming so‘m) miqdorda jarimadan 1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilishi belgilandi (ilgari 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilgan).

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring