Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zahiriddin Muhammad Bobur» maxsus stipendiyasi va ko‘krak nishoni ta’sis etildi

«Zahiriddin Muhammad Bobur» maxsus stipendiyasi va ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Foto: Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti

Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida «Zahiriddin Muhammad Bobur» nomidagi maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishoni joriy etilishi yuzasidan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyrug‘i imzolandi.

Ushbu maxsus stipendiya bilan Z.M.Boburning hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yo‘nalishida alohida faollik ko‘rsatayotgan va konferensiyalarda (tanlovlarda) qatnashgan, mualliflik asosida nashr etilgan ishlari (asarlari) mavjudligi mezonlarga asosan har yili 20- mayga qadar institutda tahsil olayotgan 1-3 bosqich kursantlari rag‘batlantiriladi.

«Zahiriddin Muhammad Bobur» nomidagi ko‘krak nishoni nikel hamda tilla qoplangan mis qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, sakkiz qirrali tilla rangli yulduz shakliga egadir.

Ko‘krak nishonining markazida havo rang emal bilan qoplangan, orqa tomonidan quyosh nurlari taralayotgan fonda Zahiriddin Muhammad Boburning sarkardalik mahorati va saltanat sohibi ekanligini anglatuvchi suvoriy qiyofasidagi oltin rangda bo‘lgan sur’ati joylashgan bo‘lsa, uning yuqori qismida ikki tomonidan qabariq sakkiz qirrali yulduz bilan ajratilgan qabariq harflarda «BOBUR» degan yozuv mavjud.

Ko‘krak nishonining orqa tomonida esa  Davlat gerbi tasvirlangan.

Uning qadag‘ichidagi qizil, moviy, sariq ranglardagi shoyi lenta ham o‘z ma’nosiga ega bo‘lib, u Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat bayrog‘ining ranglarini tasvirlaydi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring