Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yiliga 7 million kishi havo ifloslanishidan vafot etmoqda. Yurtimizda vaziyat qanday?

Yiliga 7 million kishi havo ifloslanishidan vafot etmoqda. Yurtimizda vaziyat qanday?

Foto: Google.com

Yiliga 7 million kishi havoning haddan tashqari ifloslanishi natijasida vafot etmoqda. Ayniqsa, Osiyo va Afrika qit’asi mamlakatlari bu ko‘rsatkich bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turadi.

Odamlardagi yurak kasalliklarining 25 foizi, shol kasalligining 24 foizi, o‘pka kasalliklari va o‘pka saratonining 43 foizi ifloslangan havodan nafas olish natijasida kelib chiqmoqda. Atmosfera havosining ifloslanishi nafaqat inson, balki atrof muhit, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mutaxassislarning tomonidan Qayrag‘och tabiiy sharoitda 350-400 yil yashashi, shahar xiyobonlarida 120-220 yil serqatnov yo‘llar atrofida esa, 40-50 yil yashashi aniqlangan.

Yirik sanoat, metallurgiya, kimyo, konchilik korxonalari atrofida (5 km radiusda) qishloq xo‘jalik o‘simliklarning hosildorligi 25-30% ga, sifat ko‘rsatgichlari esa 40-50% ga kamayishi, avtomobil yo‘l atroflarida yetishtirilgan dehkonchilik mahsulotlari tarkibida esa qo‘rg‘oshin birikmalari hamda ayrim kimyoviy moddalar ruxsat etilgan me’yordan 5-10 barobarga ko‘proq to‘planishi aniqlangan.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy tabiiy manba bu shamol eroziyasi hisoblanadi. Yer yuziga atmosferadan yiliga o‘rtacha 4,6-8,3 mlrd. tonna chang zarralari tarqaladi. Bu changlarning asosiy hosil bo‘lish joylari yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan hududlardagi cho‘l va sahrolar hisoblanadi.

Misol uchun, shamol tezligi 4 m/s dan ortganda havodagi chang miqdori o‘rmonlarda 5-20 mkg/m3, dashtlarda 20-100 mkg/m3, O‘rta Osiyoning quruq sahro va cho‘llarida 100-150 mgk/m3 ga yetadi. 6 yil davomida ishlatilgan o‘rtacha avtomobil atmosferaga 9 t SO2, 0,9 t SO, 0,25 t NOx i 80 kg uglevodorod chiqaradi.

Respublikamizda 99,5 ming turg‘un ifloslantiruvchi manbaga ega 3,5 mingdan ortiq ishlab chiqarish korxonalari hamda 2,816 mln. dan ortiq ko‘chma ifloslantiruvchi manbalar, ya’ni avtomototransport vositalari mavjud. 2010 yildan 2018 yilgacha atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori qariyb 1,3 barobarga ortgan va 2018 yili 2,442 mln. tonnani tashkil etgan.

Bundan 65 % yoki 1 mln. 560 ming tonnasi avtomototransport vositalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Yirik shaharlarda, misol uchun Toshkent shahrida esa bu ko‘rsatkich 80%ni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring