Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi yildagi «birinchi» o‘g‘rilikka barham berildi

Yangi yildagi «birinchi» o‘g‘rilikka barham berildi

Foto: Milliy gvardiya

Yurtimiz bo‘ylab bayramona kayfiyat hukm surmoqda. Ammo shunga qaramay, ayrim g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar hamon davom etmoqda.

Jumladan, 2021-yilning 1-yanvar kuni tonggi soat 05:06 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 11-mavze, 56-A uyda joylashgan «Xavas Fud-009» MChJga qarashli oziq-ovqat do‘konidan Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi monitoring markaziga «tashvish» xabari kelib tushgan.

Xabar zudlik bilan Yunusobod tumani 2-sonli tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlariga yetkazilgan. Voqea joyiga yetib borgan xodimlar no‘malum shaxs oziq-ovqat do‘konining kirish eshigi oynasini sindirib, ichkariga kirganiga guvoh bo‘lgan. Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari shaxsni qo‘lga olib, Yunusobod tumanidagi 5-sonli IIBga topshirgan.

Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dastlabki surishtiruv natijasida ushbu noma’lum shaxsning shaxsi aniqlanib, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring