Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida» Qonun (O‘RQ-616-son, 13.05.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra:

  • «doimiy propiska» tushunchasi o‘rniga «doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» tushunchasi kiritildi;
  • fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida bo‘lgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy ro‘yxatga turish mumkin bo‘ldi;
  • oilaga tarbiyaga olingan (patronat) bolalar – tutingan ota-onaning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi;
  • er-xotinning nikohdan keyin 1 yil davomida birgalikda yashash sharti va 1 yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilishi haqidagi qoidalar chiqarildi;

Toshkent shahri va viloyatida joylashgan davlat tashkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari), shuningdek ularning oila a’zolari mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadigan bo‘ldi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring