Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi fond taniqli jurnalist va blogerlardan iborat jamoatchilik kengashi tuzmoqda

Yangi fond taniqli jurnalist va blogerlardan iborat jamoatchilik kengashi tuzmoqda

Foto: Xushnud Xudoyberdiyev

Jurnalistika va blogerlik faoliyatini rivojlantirish, ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida yaqinda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etilgandi.

Jamoat fondini ta’sis etish bo‘yicha bir guruh jurnalist va blogerlar, mass-media sohasi vakillari tashabbuskor guruh sifatida ariza berishgan, jumladan ular orasida Muhrim A’zamxo‘jayev, Qobil Xidirov, Laziz Hamidov, Xushnud Xudoyberdiyev, Bobur Abidov, Madina Nurmanova, Abror Ismoilovlarni ko‘rsatish mumkin, deyiladi jamoat fondi xabarida.

Shuningdek, Jamoat fondi qoshida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlardan tarkib topgan Jamoatchilik kengashi tuzilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, media sohasining quyidagi vakillari Jamoatchilik kengashi a’zoligiga taklif etilmoqda:

1) Azamat Atajanov (GazetaUz)

2) Umid Shermuhammedov (KunUz)

3) Muhrim A’zamxo‘jayev (DaryoUz)

4) Xurshid Daliyev (HumanUz)

5) Qamariddin Shayxov (QalampirUz)

6) Abdug‘ani Abdurahmonov (XabarUz)

7) Navbahor Imamova (AmerikaOvozi)

8) Qobil Xidirov (bloger)

9) Nozim Safarov (bloger)

10) Ali Qahhorov (bloger)

11) Laziz Hamidov (vloger)

(ro‘yxatni shakllantirish davom etmoqda)

Kengash tarkibi tasdiqlangandan so‘ng, ular tomonidan mass-media sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi, jurnalist va blogerlarning erkin axborot olish va tarqatishiga oid faoliyati davomida duch kelgan muammolarini doimiy ravishda muhokama qilib boradi va ularning yechimini topish, axborot makonida nodavlat sektorning rolini kuchaytirishga ko‘maklashish, yuzaga kelgan ziddiyatli masalalarni hal qilishda mediatsiya institutini qo‘llash choralarini ko‘radi.

Mass-media sohasiga xorijiy va mahalliy grantlar va mablag‘lar jalb qilinadi.

Jamoat fondi jurnalist va blogerlar, shuningdek matbuot kotiblarining malakasini oshirib borish maqsadida doimiy ravishda o‘quv seminarlari tashkil etib boradi. So‘z erkinligi va axborot makoniga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha faol jamoatchilik pozitsiyasi yuzasidan muntazam takliflar ishlab chiqadi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring