Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda eng yaxshi kitobxon oilaga «Spark» berildi

Sirdaryoda eng yaxshi kitobxon oilaga «Spark» berildi

Sirdaryoda «Eng yaxshi kitobxon oila» tanlovining final bosqichi Guliston shahrida bo‘lib o‘tdi.

Unda 11 ta yosh kitobxon oilalar «O‘zbek adabiyoti bilimdoni», «Jahon adabiyoti bilimdoni», «Ijodkorlar, mutafakkirlar hayoti va ijodi» kabi 3 ta shart bo‘yicha qizg‘in bahs olib borishdi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi matbuot kotibi Anvar Tuychiyevning xabar berishicha, tanlov natijalariga ko‘ra, sayxunobodlik Qarshiyevlar oilasi 193,2 ball bilan 1-o‘rinni egallab, «Eng yaxshi kitobxon oila» sifatida Prezident sovg‘asi — «Spark» avtomobilini qo‘lga kiritdi.

2-o‘ringa 145 ball bilan Guliston shahridan Raxmonovlar oilasi, 3-o‘ringa esa 136,6 ball bilan Sardoba tumanidan Do‘stbekovlar oilasi sazovor bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring