Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Xitoydagi hamyurtlarimizga murojaat qildi

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Xitoydagi hamyurtlarimizga murojaat qildi

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Xitoyda tarqalgan koronavirus muammosi sabab ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonlik yoshlarga murojaat qildi.

«O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoydagi vakili Xusnulla Asadullayev epidemiya markazi bo‘lgan Uxan shahrida ta’lim olayotgan yoshlarimiz bilan hozirgi vaqtga qadar doimiy aloqada bo‘lib turibdi va mavjud ma’lumotga ko‘ra vaziyat mahalliy hukumat vakillari tomonidan to‘liq nazoratga olingan, qolaversa O‘zbekiston elchixonasi va Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan ushbu masalani hal qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu bois yoshlarimizdan noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan vaziyatni keskinlashtirmaslikni iltimos qilgan holda holat yuzasidan savollar bo‘lsa, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi va uning Xitoydagi vakili bilan bog‘lanishi mumkinligini ma’lum qilamiz».


Mavzu doirasida:Xitoyda nima bo‘lyapti? «Xabar.uz» uchun voqea joyidan maxsus reportaj


Eslatib o‘tamiz, ayni damda ushbu virus oqibatida 40 dan ortiq kishi vafot etdi. Biroz avvalroq, Tashqi ishlar vazirligi ham hamyurtlarimizga murojaat bilan chiqqandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring