Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana 2 million yevro:  pandemiyaga qarshi kurashayotgan O‘zbekistonga Germaniya qo‘shimcha ko‘mak ajratdi

Yana 2 million yevro:  pandemiyaga qarshi kurashayotgan O‘zbekistonga Germaniya qo‘shimcha ko‘mak ajratdi

Foto: O‘zR prezidenti matbuot xizmati

Germaniya hukumati O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida qo‘shimcha 2 million yevro ajratdi. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

«Ko‘mak turlari va chora-tadbirlari ikki davlat o‘rtasida muhokama qilinmoqda», — deyiladi elchixona matbuot xizmati xabarida.

Avval xabar berganimizdek, bir necha hafta muqaddam Germaniya O‘zbekistonga kislorod ballonlari, tibbiy niqoblar, aravachalar va kombinezonlardan iborat insonvarvarlik yordami jo‘natgan edi.

Shuningdek, joriy yil iyun oyida Germaniya hukumati COVID-19 testlari uchun hamda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish maqsadida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga 480 ming yevro ajratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 30-mart kuni Germaniyaning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld rasmiy Berlin koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekistonga ko‘mak berishga qaror qilganini «Xabar.uz»ga ma’lum qilgandi.

Gyunter Overfeld. Foto: «Xabar.uz»

«Germaniya O‘zbekiston bilan mamlakat mustaqillikka erishgandan buyon yaqin hamkorlik aloqalarini va do‘stona munosabatlarini mustahkamlab kelmoqda. Koronavirusga qarshi kurashda ham O‘zbekiston bilan birgamiz va bu sinovni muvaffaqiyat bilan yengib o‘tamiz. Biz birgamiz, biz yengamiz!”, — degan edi nemis diplomati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring