Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzila Norboyeva yalpi majlisga yoshlarni taklif qildi

Tanzila Norboyeva yalpi majlisga yoshlarni taklif qildi

Foto: «Xabar.uz»

Oldin xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

«Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, ayni paytda senatorlar «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunining yangi tahririni ko‘rib chiqishdi.

Qonunda fuqarolik sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan qonunchilik bazasini yaratish, shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish va bekor qilish borasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash nazarda tutilgan.

Qonun bilan mustahkamlanayotgan yangi normalarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlari belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, tug‘ilgan joyi yoki ota-onasining fuqaroligi bo‘yicha bolalarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini belgilash tartibi mustahkamlangan.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Shuningdek, yalpi majlisda yoshlar ham ishtirok etmoqda. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva yoshlarni parlament faoliyatiga kengroq jalb etish ishlari boshlab yuborilgani va yaqin kunlarda «Yoshlar parlamenti» faoliyati yo‘lga qo‘yilishini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring