Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etiladi

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etiladi

Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisida senatorlar Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda Pitnak shahrida jami 54 ming 248 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Pitnak shahri va Tuproqqal’a maskani hududlari qo‘shilganda jami 143 ming 74 gektarni tashkil etadi.

Foydalanilmayotgan yerlarda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, bog‘dorchilik va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida 552 gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritilib, qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishi nazarda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring