Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm viloyati hokimi ham o‘z lavozimida qoldi

Xorazm viloyati hokimi ham o‘z lavozimida qoldi

Foto: «xorazm.uz»

Xorazmda oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari viloyat Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari O.Abdurahmonov prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xorazm viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzod, 22-O‘rtayop saylov okrugidan saylangan deputat Ermanov Farhod Urazboyevichning nomzodini xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganligini bildirdi va uni o‘qib eshittirdi. 

Sessiyada so‘zga chiqqan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari rahbarlari prezident tomonidan Xorazm viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan Farxod Ermanov nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi, deb xabar bermoqda viloyat matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring