Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xo‘p bo‘ladi, bajaramiz!» deyishadi-yu...

«Xo‘p bo‘ladi, bajaramiz!» deyishadi-yu...

Illyustrativ rasm.

Bugungi kunda eng chekka mahallalardan ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.  Biroq bu o‘zgarishlar Xorazmning Yangiariq tumani, Gullanbog‘ qishlog‘i hududidagi Do‘stlik mahallasiga haligacha yetib kelgani yo‘q...  

- Mahallamizning Quruvchilar ko‘chasidagi 3 kilometrlik yo‘l yozda changib, qishda botqoqqa aylanadi. Ayniqsa, issiq kunlarda bu yo‘ldan bir marta o‘tgan odamning usti-boshiga qarab bo‘lmay qoladi:  terdan xo‘l, changdan kir-chir, - deydi fuqaro Quramboy ota Karimov.

-  Uyma-uy yurib muammolarni o‘rganayotgan sektor rahbarlariga bu haqda necha marta aytdik, - deya noliydi Oltinoy Matkarimova. – «Xo‘p bo‘ladi, bajaramiz!» deb ketishadi-yu lekin biron bir amaliy chora ko‘rishmaydi. Hayronman,  uyma-uy yurayotgan mutasaddilarning maqsadi xalqning  muammolarini hal qilishmi yoki oyoq chigalini yozishmi?!

Mazkur yo‘l bo‘yicha mahalliy kengash deputatlaridan biri tuman hokimi nomiga «Deputat so‘rovi» taqdim qilgani, biroq bunga hatto e’tibor qaratilmaganini ta’kidlaydi. Ajab...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring