Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XDP raisi 2,5 mln. maosh bir emas, ikki oilaga yetadi, demoqchimi?!

XDP raisi  2,5 mln. maosh bir emas, ikki oilaga yetadi, demoqchimi?!

Foto:«Kun.uz»

Saylovoldi debatda besh kishidan iborat oilaning  oylik ehtiyojiga 2,5 mln. so‘m bemalol yetadi, deya ko‘pchilikning ensasini qotirgan Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov gapini «karrasi bilan» isbotlash yo‘liga o‘tgan ko‘rinadi. Nega desangiz, u partiya hududiy kengashlari ishtirokida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida barcha darajadagi deputatlar va partiya faollariga yordamga muhtoj bo‘lgan bittadan oilani otaliqqa olib, karantin tugaguncha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab turish vazifasini yuklagan. Bu haqda  jurnalist Nurillo No‘’monov o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.

Partiya rahbari qiynalganlarga yordam ko‘rsatish yo‘lida izlanayotgani yaxshi. Lekin chuqur o‘ylamasdan, bu tashabbus qanday natijaga olib kelishini ko‘ra olmasdan, shoshma-shosharlik qilib, savobli ishni gunohga aylantirayotgani achinarli, deya qayd etiladi maqolada. Chunki, mahalliy deputatlar orasida tadbirkor, fermer hamda rahbarlik lavozimida ishlovchi, tirikchiligidan orttirib, birovga xayriya qila oladiganlar nari borsa yigirma foizni tashkil qiladi. Qolganlarning aksariyati oylik ish haqidan boshqa daromadi yo‘q insonlar-da. Bu kabi topshiriqlar esa deputatlarni partiyadan bezdirishga xizmat qiladi, xolos.

Jurnalist voqelikni o‘rganishi jarayonida O‘zXDP markaziy kengashi tomonidan yuborilgan ayni masalaga daxldor rasmiy xat hamda ilova namunasini qo‘lga kiritadi. Manbalarning ta’kidlashicha, markaziy kengash tomonidan deputatlar xayriya va homiylik ishlarini qanday amalga oshirayotgani xususida kunlik ma’lumot ham talab etilmoqda.

Bunisi endi ortiqcha. Nima, partiya rahbari 2,5 mln. so‘m maosh besh kishidan iborat bitta emas, kerak bo‘lsa, ikkita oilaga yetadi, demoqchimi yo?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring