Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xayrulla Hamidov: «Oltin avlodning o‘zi kifoya emas, unga peshvo ham kerak»

Xayrulla Hamidov: «Oltin avlodning o‘zi kifoya emas, unga peshvo ham kerak»

Foto: «Google.com»

Jadidlar oltin avlod edi. Manzilni aniq belgilab beruvchi yo‘lboshchisi bo‘lganida, ko‘p ehtimol bu qadar parokandalikka uchrashmas, aro yo‘lda qolib ketishmasdi.

Natijani bilasiz:

ularning qay biri xonlikni qo‘msashga tushdi;

qay biri qizillar qo‘shig‘ini hirgoyi qildi;

qay biri asosini yo‘qotgan ko‘rdek oldinga qarab sarosar ketaverdi.

Ayrilgan jamoatni dushman o‘ta oson mahv etdi.

Shunga o‘xshash ko‘p tarixiy hodisalardan chiqargan xulosam: Oltin avlod chiqishining o‘zi kifoya qilmas ekan, shu avlodga monand peshvo ham chiqishi lozimki, ularning tajribasiz tuyg‘ularini fikr mezonida boshqarib turmoq uchun, amallarning xolis bo‘lishini ta’minlamoq uchun...

Saodat asri yulduzlari tarix changalzorlarida qolib ketishmaganiga, ixlos va tartib ila manzilga yeta olishganiga asosiy sababni anglagandirsiz?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring