Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki «Trade-In» avtokrediti va boshqa yangi xizmatlarni taqdim qildi (foto)

Xalq banki «Trade-In» avtokrediti va boshqa yangi xizmatlarni taqdim qildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 26-dekabr kuni aksiyadorlik tijorat Xalq banki Toshkent shahar filialida «Yangilanayotgan Xalq banki: yil sarhisobi va istiqboldagi rejalar» mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda aholining ehtiyoj va talablaridan kelib chiqqan holda Xalq banki tomonidan joriy etilgan yangi bank xizmat turlarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Xususan, ishtirokchilarga «Trade-In» xizmatini qanday rasmiylashtirish ko‘rsatib berildi.

Yangi xizmatlar

«Overdraft pensiya kartasi» overdraft krediti. Ushbu karta pensiya oluvchilarning xohishiga ko‘ra 5 yil muddatga bepul ochiladi. Mazkur karta foydalanuvchisiga zarurat bo‘lganda pensiya mablag‘lari moliyalashgunga qadar bank tomonidan pensiya mablag‘ining 50 foizi miqdorida overdraft kreditini 12 oy muddatga ajratadi. Ushbu karta orqali barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish, naqd pul mablag‘larini Xalq bankining kassalarida va bankomatlarda komissiyasiz yechish mumkin. Overdraft pensiya kartasiga yillik 8% miqdorida daromad to‘lanadi.

«Rejali to‘lov» kobrending kartasi (rassrochka). Ushbu karta egasi bank tomonidan belgilangan qarz mablag‘lari doirasida hamkor tashkilotlardan iste’mol tovarlari sotib olish va xizmatlardan foydalanishi mumkin. Muhim tomoni, qarz mablag‘larini bankka foizsiz, to‘lov grafigiga asosan to‘lab boradi. Qarz miqdori mijozning ish haqidan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha 1 yil muddatga beriladi.

«Kredit karta». Mazkur karta egalariga bank tomonidan belgilangan kredit limiti (5 mln. so‘m) doirasidagi mablag‘lardan imtiyozli davrda (imtiyozli davr 30 kun) foizsiz foydalanish imkonini beradi. Imtiyozli davrda kredit summasi to‘liq qaytarilmaganda, kredit mablag‘laridan foydalangan davr uchun yillik 36% miqdorida foiz undiriladi. Kredit karta 5 yil muddatga ochiq kredit liniyasi bilan beriladi. Belgilangan vaqt davomida berilgan kredit summasi to‘liq so‘ndirilsa, kredit limiti qayta tiklanadi.

«Trade-In» avtokrediti. «O‘zavtosanoat» AJning rasmiy dillerlarida eski mashinalarni yangisiga alamashtirish imkoniyati yaratildi, yangi avtomobil narxi o‘rtasidagi farq bo‘yicha shartnoma tuziladi va bankda avtokredit rasmiylashtiriladi. Oradagi farq summasi bank tomonidan Trade-In markaziga o‘tkaziladi. Mazkur kredit 12, 24 va 36 oyga yillik 33%, 34% va 35% miqdorida beriladi.

«Expat Home» ipoteka krediti. Xalq banki tomonidan chet elda ishlayotgan fuqarolarimizga «Expat Home» ipoteka krediti yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani birlamchi bozordan sotib olish maqsadida beriladi. Bunda mulkning kamida 25 foizi miqdoridagi o‘z mablag‘iga ega bo‘lishi kerak.

«UzPay». Mamlakatimiz bo‘ylab «UzPay» tizimi orqali milliy valyutadagi pul mablag‘larini jo‘natish va qabul qilib olish imkoniyati joriy etildi. Bunda barcha o‘tkazmalar uchun 1 foiz to‘lov olinadi.

«Kobeyjing» kartalari

Xalq banki «Kobeyjing» kartalari O‘zbekiston hududida milliy valyutada, 170 dan ortiq davlatlarda ushbu davlat valyutasida naqd pul yechish va to‘lov qilish imkonini beradi. Buning uchun alohida xalqaro to‘lov kartasi ochish va konversiya qilish shart emas.

«Kobeyjing» kartalarini mijozning xohishiga ko‘ra ish haqi loyihasi va boshqa maqsadlar uchun ochish mumkin. Ish haqi loyihasi bo‘yicha karta bepul ochiladi, boshqa maqsadlar uchun bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) 15 foiz (33 450 so‘m) bank xizmati olinadi.

«Gold credit» kobeyjing kartasi. «Gold credit» kartasini ochish 100 000 so‘m. Plastik kartaga xizmat ko‘rsatish uchun yillik BHMning 1 barobari miqdorida bank xizmati undiriladi. Ajratilgan kredit bo‘yicha imtiyozli davr — 30 kun, foiz stavkasida kredit mablag‘laridan foydalangan davr uchun yillik 33 foiz undiriladi.

«Kobeyjing Biznes» va «Kobeyjing korporativ» kartalari yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga biznesni rivojlantirish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar va yengilliklar yaratish uchun taqdim etilmoqda.

UzCard va MIR xalqaro to‘lov tizimida ishlaydigan kobeyjing kartalar. Bu kartalar O‘zbekistonda milliy valyutada, Rossiya, Belarus, Armaniston, Osetiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda ushbu davlat valyutasida naqd pul yechish va to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Kobeyjing karta Rossiyada ishlovchi fuqarolarimiz uchun juda qulaydir, deyiladi bank axborot xizmati xabarida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring