Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq banki rahbariyatida yangi tayinlovlar

Xalq banki rahbariyatida yangi tayinlovlar

Farhod Salomov Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisi etib tayinlangan. U «Mikrokreditbank» ATB Boshqaruvi raisi bo‘lgan Murodilla Eshmatov o‘rnini egallagan.

Farhod Salomov 1979-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2005-yilda AQShdagi Kolorado texnika universitetini tamomlagan.

«Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» va «Biznes boshqaruvi» bo‘yicha mutaxassis. Farhod Salomov 2001 yildan bank tizimida faoliyat ko‘rsata boshlagan. F.Salomov AQShning US bankida direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Farhod Salomov 2018-yil oktyabridan buyon Xalq banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, Xalq banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Dilmurod Nuritdinov tayinlangan. U shu paytgacha Milliy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring