Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki 5 tashabbus ijrosi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi (foto)

Xalq banki 5 tashabbus ijrosi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida Xalq banki tomonidan joriy yilning 8 iyun kuni poytaxtimizdagi Yapon bog‘ida «Barkamol avlod – yurt tayanchi»  shiori ostida bank xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ma’lumki, ushbu besh tashabbus doirasida yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish hamda ularni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadi mujassamlashgan.

Albatta, mazkur tashabbuslar keng jamoatchilik bilan birga Xalq banki jamoasi tomonidan ham katta qiziqish bilan kutib olindi.

Bank tomonidan o‘tkazilgan tadbirda taniqli san’atkor va iste’dodli ijodkorlar konsert dasturlari bilan rassomlar, sportchilar tadbir ishtirokchilari bo‘lgan yoshlarga turli o‘quv mashg‘ulotlari bilan o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

E’tiborlisi, ushbu tashabbuslarni yurtimizdagi barcha hududlarda mavjud Xalq bankining filiallari miqyosida keng targ‘ib qilish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring