Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori asosida Vazirlar Mahkamasining Sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga bir qator mas’ul xodimlar lavozimlarga tayinlandi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Unga ko‘ra, Akmal Jumanazarov — kotibiyat mudirining o‘rinbosari — Iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari sho‘basi mudiri etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatining Iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Alisher Nasretdinov — Bazaviy va mudofaa sanoati tarmoqlarini rivojlantirish masalalari sho‘’basi mudirligiga o‘tkazildi. U bungacha Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va qishloq xo‘jaligida xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Boriyxon Xadjixanov — Geologiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari sho‘’basiga mudirlik qiladigan bo‘ldi. Shu munosabat bilan u Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining Neft-gaz tarmog‘i va gaz uzatish tizimi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimidan ozod qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring