Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vaqf» fondi bloger ustidan IIBga arz qilinganini inkor etdi. Biroq...

«Vaqf» fondi bloger ustidan IIBga arz qilinganini inkor etdi. Biroq...

Bloger Musannif Adham (chapda) va «Vaqf» fondi raisi I.Xalilov (o‘ngda)

Kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamod fondi raisi Iskandar Xalilov bloger Musannaf Adhamga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab, Ichki ishlar organiga arz qilgani xabari berilgandi.

Kechga borib, fond matbuot xizmati ayni xabarni inkor etib chiqdi. Unda «.... bunday mazmundagi xat «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Ichki ishlar idoralariga berilmagan»i aytilib, «...mazkur xabardagi vajlar uydirma bo‘lib hech qanday asos hamda mantiqqa ega emas»ligi ta’kidlanadi hamda «ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday mazmundagi yolg‘on xabarlarga e’tibor bermasliklari so‘raladi».

Fond tomonidan IIBga shikoyat topshirilmagani rostdir, balki. Biroq bloger ustidan shikoyat yozilib, topshirishga kelganda ikkilanib, fond rahbari fikridan qaytganini ehtimoli katta. Chunki, e’tiboringizga havola etilayotgan xat buni tasdiqlab turibdi.
Demak, kecha tarqatilgan xabarni «uydirma bo‘lib hech qanday asos hamda mantiqqa ega emas» deyishga shoshmaslik kerak.

Shuningdek, fond matbuot xizmati bayonotida jurnalist va blogerlarni «...faktlarni e’lon qilishda ularning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish, aholi ishonchini suiste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lish»ga chaqiriladi.

Yaxshi da’vat, to‘g‘ri tavsiya. Modomiki, gap aholi ishonchini suiste’mol qilmaslikka taqalar ekan, ayni da’vat fond rahbariyatiga ham tegishli ekanini unutmasak, bas.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida «Vaqf» fondi raisi I.Xalilov qimmatbaho «Malibu-2» xizmati mashinasi xarid qilgani ortidan mojarolar markazida qolgandi. Keyinroq u mazkur xaridni «...xorijlik mehmonlarni kutib olish va uzoq xizmat safarlarida foydalanish» mazmunidagi gaplar bilan izohlab, ko‘plarning ensasini qotirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring