Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyga ketmasdan koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar (foto)

Uyga ketmasdan koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar (foto)

Ma’lumki, yurtimizda koronavirus bilan xastalanganlar soni 55taga yetdi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda shifokorlar mehnati ham ushbu muammoga qarshi turishda katta ahamiyatga ega. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti va klinikasi shifokorlari virusga chalingan va gumon qilinayotgan bemorlarni parvarish qilmoqdalar. 

Institut direktori Botir Tojiyevning aytishicha, 70 nafar  soha mutaxassisi 16 mart kunidan beri uyga ketmay ishlamoqda. 

Shifokorlar aholidan vahimaga tushmaslik, uyda qolish va shaxsiy gigiyenaga amal qilishni tavsiya qilmoqdalar. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring