Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgut GESda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

Urgut GESda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

«O‘zbekgidroenergo» AJ tizimidagi Samarqand GESlar kaskadi tarkibidagi Urgut GES Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Quyiqishloq manzilida joylashgan. GES aylanma ravishda oqib o‘tuvchi Darg‘om kanalida bunyod etilgan.

Hududda aholi va fermer xo‘jaliklarini elektr energiya bilan ta’minlashdagi muammolarni bartaraf etish hamda kichik daryolarning energetik salohiyatidan samarasiz foydalanishning oldini olish maqsadida Urgut GES bunyod etilgan.

Ta’kidlash lozimki, Urgut GESning qurilishi 2003 yilda boshlanib, qurilish ishlari 2004 yilda yakuniga yetkazilgan edi. GESning jami quvvati 3 MVt.ga teng.

Urgut GES mini GESlar turkumiga kiradi. Gidroturbina turi – propellerli, ish g‘ildiragining diametri – 1250 mm.

Hozirgi kunda Urgut GESda texnik ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ishchi-xodimlar va ta’mirlovchi ustalar tomonidan texnik qurilmalarda kichik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring