Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ular millatga xiyonat qildi» – Shavkat Mirziyoyev

«Ular millatga xiyonat qildi» – Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv davomida og‘riqli masalalarga to‘xtaldi.

– Oilalar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ berish taklifimga hamma inflyasiyadan qo‘rqib, pul berish kerak emas, dedi. Avvalgidek, qog‘ozda «rivojlanyapmiz» deb raqamni yozib, o‘tirmaymizku, odamlarga imkon berish kerak, dedim. «Har bir oila – tadbirkor» loyihasining foydasi ham ko‘p bo‘ldi, lekin o‘g‘irlaganlar ham bo‘ldi. Ular millatga xiyonat qildi. Qonun – ustuvor, mablag‘larni qaytartirdim.  Ko‘p rahbarlar to‘g‘ri ishlatolmadi. Pulni xazm qilolmadi...

Oddiy shifokor inson oilasida tug‘ilganman, 5 farzandli oilaning bolasiman. Men qishloq hayotidan uzilmaganman. Oyog‘im yerdan uzilmagan. Odamlarning hayotini yaxshilash uchun juda ko‘p taklif-tashabbus qildik. Juda ko‘p farmon va qarorlar chiqardik. Ammo uning to‘liq ijrosi bo‘yicha hali maqtanolmaymiz. Qiladigan ishimiz ko‘p…» – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring