Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ucell»ning savobli tashabbusi mamlakat bo‘ylab yoyiladi (video)

Termiz shahrida «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) Toshkent shahridagi bosh ofisidan kelgan vakillar va «Ucell-Termiz» mintaqaviy filiali xodimlari ishtirokida ekologik xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati markaziy ko‘chalarida, San’at saroyi yonidagi bog‘ hamda Amudaryo sohilbo‘yida Termiz shahri ma’muriyati va shahar boshqaruv bo‘limining faol ko‘magi bilan Termiz ko‘chalarida 1200 ta kashtan daraxti ko‘chatlari ekib chiqildi.

Daraxt turlari, Surxondaryo ilmiy-amaliy stansiyasi agronomlari va landshaft dizayni bo‘yicha mutaxassislar bilan Toshkentdan maslahatlashgandan so‘ng, Ucell tomonidan mevali va manzarali daraxtlarning 37 xil ko‘chatlari orasidan tanlab olindi.

Daraxtlar Termizning iqlimi, tuprog‘i va tabiiy xususiyatlariga chidamliligi hisobga olingan holda tanlandi.

Nega aynan 1200 ta ko‘chat?

Ushbu raqam Termiz o‘lkasining buyuk farzandlari: Abu Iso at-Termiziy va Al-Hakim at-Termiziyning xizmatlariga chuqur hurmat va ehtirom belgisi sifatida tanlandi.

2020 yilda Markaziy Osiyo tasavvufining yirik vakili Al-Hakim at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi.

2024 yilda taniqli alloma, buyuk olim va hadislar yig‘uvchisi Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi.

Ishonamizki, to‘rt yildan so‘ng Imom Termiziyning 1200 yilligiga qadar shahar aholisi kashtanlar soyasida yozning issiq kunlarida bahra olishadi.

Hududimizda o‘z-o‘zidan o‘sadigan daraxtlar deyarli yo‘q: ularning har biri ehtiyotkorlik bilan ekilgan, sug‘orilgan va yillar davomida parvarish qilib o‘stirilgan.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ummatlarini ko‘chat ekishga, ekin-tikin qilishga shu darajada targ‘ib etdilar-ki, hatto Qiyomat bo‘lish arafasida ham, imkon topa olsa, ko‘chat ekishga buyurdilar: «Agar Qiyomat qoim bo‘lishni boshlasa-yu, biringizning qo‘lida nihol bo‘lsa, Qiyomat qoim bo‘lishdan oldin uni ekishga qurbi yetsa, bas, shundoq qilsin». (Buxoriy va Ahmad rivoyati).

«O‘t o‘lan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar» (Ar Rahmon, 6 oyat). Demak, kim ko‘chat, daraxt eksa, yer yuzida Alloh taologa sajda qiladigan daraxt sonini ko‘payishiga sabab bo‘lgan bo‘ladi.

Sohibqiron bobomiz «Temur tuzuklari»da avlodlariga: «Bir daraxt kessam, o‘rniga o‘n ikki daraxt ekdim…» – deb, juda ibratli maslahat yozib qoldirgan.

Daraxt ekish bo‘yicha ekologik aksiyalar Ucell xodimlari uchun yaxshi an’anaga aylangan. O‘tgan yildan boshlab Ucell volontyorlari Toshkentdagi beshta park zonalarini ekishda ishtirok etib, 615 ta ko‘chat: chinorlar, lenkoran akatsiyasi, pavlovniya va nastarin nihollarini ekishdi.

Qarshi va Navoiyda hind nastarinlari va ispan droklarini ekdilar. Ekish geografiyasi kengaymoqda. Endi Termizda Ucell xodimlari tomonidan ekilgan daraxtlar ham bor.

Bunday keng ko‘lamli ekologik aksiya Ucell tomonidan birinchi marta o‘tkazilmoqda.

Termizda to‘plangan tajriba 2021-yilda butun O‘zbekiston bo‘ylab qo‘llaniladi.

Ma’lumot uchun: Surxondaryo viloyatidagi «Ucell-Termiz» mintaqaviy ofisi 325 mingdan ortiq faol abonentlarga xizmat ko‘rsatadi. «Ucell-Termiz»da 42 nafar xodim faoliyat olib boradi. Viloyatda 183 dilerlik markazi mavjud, ulardan 42 tasi Ucellning mono-ofislari.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring