Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayotimiz uchun muhim tadbir: «Ucelldan 40 ta chinor aksiyasi»

Hayotimiz uchun muhim tadbir: «Ucelldan 40 ta chinor aksiyasi»

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Toshkent shahridagi Sodiqjon Tolipov va Bobur ko‘chalari chorrahasida, Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida «Ucell dan 40 ta chinor aksiyasi» o‘tkazildi. 

Bugungi kunda ekologik muammolar sababli turli kasalliklar ko‘payayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa katta shaharlarimizda daraxtlarning asossiz kesilishi doimo jamoatchilik tanqidiga sabab bo‘lib kelgan. 

«Ucell» kompaniyasi tashabbuskorlari esa shahrimizning yashilligiga yanada hissa qo‘shish, barchani ekologiya va atrof-muhitni asrashga chaqirgan holda bu aksiyani uyushtirdi. 

Tadbirda «Ucell» xodimlari, ularning oila a’zolari va OAV vakillari ishtirok etdilar. Loyiha OOO Landscape Group mutaxassislari yordami, Toshkent shahar xokimiyati, xokimiyat huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Toshkent obodonlashtirish bosh boshqarmasi va Sirg‘ali tumani obodonlashtirish boshqarmasi qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirildi.

Qadim zamonlardan beri chinor yashillik ramzi, qalin keng tojli, yozning issiq kunida qutqaruvchi daraxt sanaladi. Chinor daraxtlari juda uzoq vaqt yashaydi. Afsonalarga ko‘ra, Chimyon tog‘lari etagida yoshi 2 ming yildan ortiq chinorlar o‘sadi.

Afsuski, bugungi kunda ushbu daraxtning ko‘chatlarini topish juda qiyin va ular anchagina qimmat. Aksiya ishtirokchilari 3-4 yoshdagi jami 40 chinor ekib chiqdilar. Har bir ko‘chat bir yil davomida ekilish uchun maxsus parvarishlangan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring