Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toyloq tumanida dars vaqtida bozorda savdo qilib yurgan o‘quvchilar aniqlandi

Toyloq tumanida dars vaqtida bozorda savdo qilib yurgan o‘quvchilar aniqlandi

Arxiv foto.

Samarqand viloyati Toyloq tumanida Milliy gvardiya bo‘linmasi, tuman xalq ta’limi bo‘limi va ichki ishlar bo‘limi vakillari hamkorligida Toyloq dehqon bozori hududida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Profilaktik tadbirda dars vaqtida bozorda savdo bilan shug‘ullanayotgan, bozorni aylanib yurgan maktab o‘quvchilari aniqlanib, maktab direktorlariga xabar berilgan.

«Bu kabi tadbirlar maktab o‘quvchilarining darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirishiga, uyushmagan yoshlarni esa noto‘g‘ri yo‘ldan qaytishiga turtki bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring