Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘yga to‘yona: 3 kun metrodan foydalanish bepul!

To‘yga to‘yona: 3 kun metrodan foydalanish bepul!

Xalqimiz hamisha ezgulikka, yaxshilikka intilib yashaydi. Shu bois ham yurtimizda yaxshi kunlar, bayramlar bisyor. Har yili katta tantana va ko‘tarinki ruhda nishonlanadigan mustaqillik bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi.

To‘yga to‘yona bilan deganlaridek, «Toshkent metropoliteni» UK ham bayram kunlari yo‘lovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi.

Jumladan, bayram kunlari, ya’ni 31-avgust hamda 1, 2-sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti gultoji bo‘lgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Bu ulug‘ kunlar nashidasi hamisha yurtimiz va har bir xonadonda hukmron bo‘lsin. Vatan istiqlol va u bergan imkoniyatlar hech ham bizni tark etmasin. Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring