Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘y qilish tartibini buzganlarga qancha jarima solinishi belgilandi

To‘y qilish tartibini buzganlarga qancha jarima solinishi belgilandi

Foto:«Xabar.uz»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
 
Qonun loyihasi bilan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan umumiy talablarga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilmoqda. 
 
Ushbu tartibni mazkur tadbirlarni o‘tkazuvchi shaxs tomonidan buzish – bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilayapti. To‘yxona, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari tomonidan bu tartibning buzilishi esa, bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima solishga olib keladi. 
 
Nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda. 
 
Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining va Oliy Majlis Senati Kengashining 2019-yil 14- sentyabrdagi Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ixcham o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga asosan tayyorlangan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring