Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning 5ta tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi

Toshkentning 5ta tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi

Foto: Xabar.uz

8-apreldan 9-aprel kuniga o‘tar kechasi poytaxt va Toshkent viloyatida qor yog‘ishi natijasida ko‘plab daraxtlarning sinishi, elektr tarmoqlarida uzilishlar va quvurlarning shikastlanishi kuzatildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan «Toshkent XET» AJ korxonasiga qarashli «Qodiriya» podstansiyasida ham 9-aprel kuni avariya sodir bo‘lganligi sababli elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, podstansiyadagi avariya «Toshkent shahar suv ta’minoti» korxonasiga qarashli «Qodiriya» bosh suv inshooti ish rejimiga ta’sir etib, poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod tumanlarida to‘liq hamda Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida qisman ichimlik suv ta’minotida uzilishlar va ichimlik suv bosimi pasayishiga sabab bo‘lgan.

«Toshkent shahar suv ta’minoti» korxonasi xodimlari tomonidan ayni paytda zarur barcha tezkor choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning bir qismi elektr ta’minotisiz qolgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring