Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davronbek Tojialiyev

Yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l! (Jaloliddin Rumiy)

Toshkentdan Olmaotaga borish uchun Chimkentda bilet oldim. Nega?

Toshkentdan Olmaotaga borish uchun Chimkentda bilet oldim. Nega?

Foto: Facebook

Olmaota shahriga borish uchun Toshkentdan poyezd biletlarini qidirdim. Bugunga bor ekan. Tezyurar «Talgo» poyezdi. O‘zbekiston temir yo‘llari saytiga kirib, narxini bildim: eng arzon bilet 328 824 so‘m. Kupe - 756 931 so‘m, lyuks - 1 091 103 so‘m. Saytda yozilishicha, chipta narxi bilan birga vositachilik yig‘imi ham olinarkan. MDH davlatlariga qatnaydigan poyezdlar uchun 70 000 so‘m. Jami 400 000 so‘mga yaqin bo‘larkan. Qimmatlik qildi.

Bor-yey deb «Chernyayevka»dan Chimkentga yo‘lga chiqdim. Taksida 1500 tenge (33000 so‘m) bilan Chimkent temiryo‘l vokzaliga yetib oldim. Shu yerdan ayni Toshkent-Almati poyezdidan Chimkentdan Almatigacha bilet oldim: 3800 tenge (83600 so‘m). Toshkentda 400000 so‘m bo‘lgan bilet Chimkent orqali menga 116600 ga tushdi. O‘sha reys, o‘sha poyezd, o‘sha vagonlar, o‘sha yo‘l. Toshkent-Chimkent orasi 130 km xolos. Bilet narxi esa kamida 3 baravar arzon.

Nega?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring